Ozarbayjon "Qonli yanvar" qurbonlarini yodga oldi

Bugun ozarbayjonliklar 1990-yildagi qirg‘inda halok bo‘lganlarni yodga olish uhcun poytaxt Bokudagi shahidlar hiyobonida yig‘ildilar.

1765925
Ozarbayjon "Qonli yanvar" qurbonlarini yodga oldi

Ozarbayjonda mustaqillik ramziga aylangan va tarix sahifalarida “Qonli Yanvar” degan nom bilan o‘rin olgan 20-yanvar qirg‘ini qurbonlari yodga olinmoqda.

Ozarbayjonliklar 1990-yildagi qirg‘inda halok bo‘lganlarni yodga olish uhcun Bokudagi shahidlar hiyobonida yig‘ildilar. Qor yog‘ishiga qaramay minglab inson shahidlikni iziyorat qilish uchun uzun navbat qatorlari paydo bo‘ldi. Ziyorat chog‘ida qabrlarga qizil chinnigullar qo‘yilib, shahidlar ruhiga duolar qilindi.

Prezident Ilhom Aliyev ham rafiqasi Mihriban Aliyeva bilan “Shahidlar hiyoboni”ni ziyorat qildi. Aliyev, “Mangi olov” monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Mamlakat bo‘ylab mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da barcha shahidlar uchun bir daqiqalik sukut saqlandi. Ayni paytda Kaspiy dengizi sohilidagi kemalar va ko‘chadagi transport vositalari signal berdi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi, “Qonli yanvar” voqealarining 32-yilligi munosabati bilan bayonot chop etdi.

“Qonli Yanvar” voqealarining 20-asrning eng dahshatli jinoyatlaridan biri ekanligi bildirilgan bayonotda, voqealarga hali xalqaro siyosiy va huquqiy baho berilmagani qayd etildi.

Unda shuningdek:

“Bu jinoyatning javobgari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sobiq sovet yetakchiligidir. Xalqaro qonunlarga koʻra, 20-yanvar voqealari insoniyatga qarshi qovl urilgan jinoyatlar qatoriga kiritilishi, ularning aybdorlari esa jazolanishi kerak”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Armanlarning ortib borayotgan hudud talablariga va sovet yetakchiligiga norozichilik ko‘rsatishni xohlagan minglab ozarbayjonliklar, 1990-yillar boshida Bokuning Ozodlik maydonida toʻplanib, uzoq davom etgan mitinglarni boshlatgandi.

Mitinglarni tarqatish uchun 20-yanvar kuni Bokuning turli hududlariga kirgan 26 ming kishilik sovet armiyasi ular orasida ayolar va yosh bolalar ham bor tinch aholidan 147 kishini qatl qilib, yuzlab kishiga tan jarohati yetkazgandi.

Shahidlar, yuz minglab inson ishtirokida ko‘z yoshlari bilan qizil chinnigullar ila bugungi nomi bilan Shahidlar hiyoboniga dafn etilgandi.

Ozarbayjonliklar 32 yildan buyon har 20-yanvarda, qo‘llarida “20-yanvar” qurbonlari ramziga aylangan chinnigullar bilan shahidlik tomon yo‘l oladi.

 



Aloqador xabarlar