Sabah gazetasi: O‘zbekiston, ko‘plab asarlari bilan ham onglarda o‘chmas aks sado topadi

Turk matbuotining “Sabah” gazetasida ko‘hna va zamonaviy O‘zbekiston haqida maqola chop etildi.

1764663
Sabah gazetasi: O‘zbekiston, ko‘plab asarlari bilan ham onglarda o‘chmas aks sado topadi

Kecha 2022-yil 18-yanvar kuni Turk matbuotining “Sabah” gazetasida ko‘hna va zamonaviy O‘zbekiston haqida maqola chop etildi. Unda O‘zbekistonning Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlardan biri ekani, qadimda Movarounnahr va Turon hududlari tarkibiga kirgani, bugungi kunda poytaxti Toshkent bo‘lgan tarixiy yurtning 12 viloyat va avtonom hududga ega ekani qayd etildi. O‘zining tarixiy ahamiyatini bugungi kunda ham saqlab qolganiga alohida e’tibor qaratilgan maqola, “O‘zbekiston qaysi qit’ada, dunyo xaritasining qayerida va qaysi yarim kurrada?”-degan hayajonli sarlavha bilan chop etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlari bilan mashhur bo‘lgan O‘zbekiston, Buyuk Ipak yo‘lida joylashgani uchun ham Markaziy Osiyoda barchaning e’tiborini tortib kelgan davlatlardan biri edi. Madaniy-ma’rifiy merosi, o‘ziga xos urf-odatlari va an’analarga ega bo‘lgan o‘lkaning to‘rtta madaniy ob’yekti YUNЕSKO Jahon merosi ro‘yhatida, oltita madaniy ob’yekti YUNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy olgan. Butun dunyo ahli ayniqsa, turklar ko‘rishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston, ko‘plab asarlari bilan ham onglarda o‘chmas aks sado topadi. Xo‘sh, O‘zbekiston qaysi qit’ada?”-degan satrlar bilan boshlagan maqola, davomida O‘zbekistonning jo‘g‘rofiy joylashuvi haqida ma’lumot bermoqda.



Aloqador xabarlar