Buxoro shahrida Turkiya bilan hamkorlikda biznes-inkubator tashkil etiladi

Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari hamda "Teknopol Istanbul" mutasaddi xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan video muloqotda aytildi.

1765060
Buxoro shahrida Turkiya bilan hamkorlikda biznes-inkubator tashkil etiladi

 

Uchrashuv davomida tomonlar sheriklikni kuchaytirish bo‘yicha fikr almashdi, 2021 yil dekabr oyida imzolangan memorandum ijrosini ta’minlash maqsadida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqishga kelishib oldi.

Hamkorlikning dastlabki yo‘nalishlari sifatida Buxoro shahrida qurilayotgan yoshlar texnoparki hududida tibbiyot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan biznes-inkubator tashkil etish, qo‘shma konferensiya, trening, tanlov, seminar, davra suhbati, qo‘shma ilmiy-konstruktorlik loyihalari ko‘rgazmasi tashkil etish belgilandi.

O‘zaro tajriba almashish hamda akseleratsiya dasturi, ish safari, ilg‘or tajriba tashrifi, hamkorlik tarmog‘ini yaratish, mentorlik va startap uchun qo‘shma yarmarkada ishtirok etish uchun imkoniyat yaratish masalalari ham muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Buxoro

Aloqador xabarlar