O'zbekiston pul zarb etish bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanmoqchi

Turkiyaning Pul zarb etish korxonasi bilan O'zbekiston o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

1764823
O'zbekiston pul zarb etish bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanmoqchi

 

O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Turkiya Moliya va g‘aznachilik vazirligi huzuridagi Pul zarb etish korxonasi bosh boshqarmasi rahbari Abdulloh Yosir Shahin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston Markaziy banki huzuridagi "Davlat belgisi" Davlat ishlab chiqarish birlashmasi  va Turkiya Moliya va g‘aznachilik vazirligi huzuridagi Pul zarb etish korxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, mutaxassislarni qayta tayyorlash bo‘yicha  o‘quv-kurslarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Turk tomoni IX asrda hozirgi Turkiya hududida bo‘lgan kichik podshohliklar va davlatlar tomonidan birinchi metalldan yasalgan pullar zarb qilinganini ta’kidladi. Qayd etilishicha,  Istanbuldagi Boyazit masjidi hududida Fotih Sulton Mehmet tomonidan birinchi pul zarb etish bosmaxonasiga asos solingan.  Sulton Mehmet  davrida pul zarb etish aynan qaysi sanadan boshlangani haqida aniq ma’lumotlar bo‘lmasa-da,   tarixchilar zarbxona 1476 yilda toshkil etilgan, degan taxminni ilgari surishadi. Aynan shu yili  Fotih Sulton Mehmet nomidan birinchi oltin pullar zarb etilgan.

Zarbxona Beshiktosh tumanida joylashgan turk sultonlarining To‘pqopi saroyidagi (1723-1967) qarorgohi hududida  ham bo‘lgan. Ayni paytda u yerda pul zarb etishda foydalaniladigan matbaa fabrikasi mavjud.

Hozirgi kunda ushbu korxonada oltin tangalar bilan bir qatorda tilla zargarlik buyumlari yasalmoqda. Shuningdek, zarbxonada turk lirasi, esdalik tangalar, ko‘krak nishonlari, markalar zarb etiladi. Pasport, davlat hujjatlari, plastik kartochkalar va qimmatli qog‘ozlar ham ishlab chiqariladi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar