Sujuo‘g‘lu: Ozarbayjon ShKTRni tan olgudek bo‘lsa bu buyuk va shaxdam qadam bo‘ladi

Tunov kuni poytaxt Anqaraga uyushtirgan ilk rasmiy tashrifi doirasida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilingan Faiz Sujuo‘g‘lu kun tartibini baholadi.

1762567
Sujuo‘g‘lu: Ozarbayjon ShKTRni tan olgudek bo‘lsa bu buyuk va shaxdam qadam bo‘ladi

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Faiz Sujuo‘g‘lu, Ozarbayjon Shimoliy Kipr Turk Respublikasini tan olgudek bo‘lsa buning buyuk va shaxdam qadam bo‘lishini qayd etdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida hukumat tashkil etilishi ortidan tunov kuni poytaxt Anqaraga uyushtirgan ilk rasmiy tashrifi doirasida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilingan Faiz Sujuo‘g‘lu kun tartibini baholadi.

Unda Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Turkiyaning “Ikki davlat, bir millat” ekanini ta’kidlagan Sujuo‘g‘lu:

“Bu har doim shunday. Ozarbayjonni ham ilova etsak «uch davlat, bir millat». ​​Umid qilamizki, kelgusi davrda ozarbayjonlik birodarlarimiz bilan ham siyosiy, ham da iqtisodiy aloqalarimiz ortadi. Ayniqsa ildizi, tili va dini bir qardosh  (millat) sifatida Ozarbayjonning ham ShKTRni tan olishi. Bu buyuk va shaxdam qadam bo‘ladi”.-dedi.

Bosh vazir Sujuo‘g‘lu:

“Bundan buyon (Kiprda) federatsiya yo‘q. Ikki mustaqil, teng huquqli davlat maqomi mavjud. Bu borada Prezident Ersin Tatar to‘g‘ri pozitsiyasida va Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an a’lo darajada qo‘llab-quvvatlamoqda ”,-deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon , #ShKTR , #Faiz Sujuo‘g‘lu

Aloqador xabarlar