Putin bilan Toqayev Qozog‘istondagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi

Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

1762227
Putin bilan Toqayev Qozog‘istondagi oxirgi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Kreml tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra muloqat chog‘ida Toqayev Putinga, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tinchlikparvar kuchlarining harakatlarini hisobga olgan holda, Qozog‘istonda tartibni tiklash choralari bo‘yicha ma’lumot bergan.

Toqayev Rossiyaga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan uchrashuvda KXShTga a’zo davlatlar qo‘shinlarining, Qozog‘iston hududidan kelishilgan holda chiqishni boshlashi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Ma’lum qilinishicha, 6-yanvar kuni Qozog‘istonga kirgan Rossiya, Belarus, Armaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston harbiy bo‘linmalaridan iborat KXShT tinchlikparvar kuchlarining mamlakatdan chiqish jarayoni bugun boshlagan.



Aloqador xabarlar