O‘zbekiston qishki turizmning ham markaziga aylanmoqda

Toshkentda qishki turizmni rovojlantirish va bu yo‘nalishda turli zamonaviy inshootlarni barpo etishga katta eʼtibor qaratilmoqda

1761702
O‘zbekiston qishki turizmning ham markaziga aylanmoqda

Toza havosi va ajoyib tabiati bilan sayyohlar e’tiborini o‘ziga jalb etgan O‘zbekiston, qishki turizmning ham markaziga aylanmoqda.

Poytaxt Toshkentda qishki turizmni rovojlantirish va bu yo‘nalishda turli zamonaviy inshootlarni barpo etishga katta eʼtibor qaratilmoqda va har kuni ular soni orta boshladi. 

Qish oylarida transport qatnoviga xalaqit bermaslik maqsadida yangi dor yo‘lining ishga tushirilishi ulardan faqatgina biri hisoblanadi.  

U ham transport yo‘lini qisqartar ekan ayni vaqtda yo‘lovchilarning xavfsiz ravishda sayohat qilishiga imkon beradi.

O‘zbekistonda tog‘, sport, sog‘lomlashtirish, yaylov, chang‘i va gastronomik turizmni rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab loyihalar hayotga tadbiq etilmoqda.

Ular qatorida dor yo‘l, chang‘i kurorti, golf maydoni, ochiq va yopiq sport tasislari va ko‘plab mehmonxonani o‘z ichiga olgan loyihalar uchun Turk shirkatlari bilan ham hamkorlik qilinmoqda.

O‘zbekiston bu yilgi qish mavsumida ko‘plab mahalliy va chet ellik sayyohlarni qabul qilish niyatida.


Tanlangan kalimalar: #Toshkent , #O‘zbekiston , #qishki turizm

Aloqador xabarlar