Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Elchisini qabul qildi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Elchisini Ibrohim Junusovni qabul qildi.

1761684
Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Elchisini qabul qildi

2022-yil 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ibrohim Junusovni O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlangani munosabati bilan qabul qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Ushbu ma’lumotga ko‘ra uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlashga Elchining qo‘shgan hissasini yuqori baholagan. 

Ikka davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va mintaqalararo aloqalar sezilarli darajada jadallashgani e’tirof etilgan. Ilgari erishilgan kelishuvlar ijrosi va turli darajalardagi bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqilgan.

Qirg‘iziston Elchisi O‘zbekistonda diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda yaratilgan qulay sharoitlar uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorchilik bildirgan.



Aloqador xabarlar