Ozarbayjon-Armaniston chegarasidagi otishmada ozarbayjonlik harbiy Ayaz Nazarov halok bo‘ldi
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman kuchlarining navbatdagi provokatsiyasi natijasida 11-yanvar kuni tushda Ozarbayjonning Armaniston bilan chegaradosh Kalbajar viloyati hududida ozarbayjonlik harbiy Ayaz Nazarov halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Armaniston qurolli kuchlarining 11-yanvar kuni tushdan boshlab uyushtirgan provokatsiyasi natijasida Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Kalbajar viloyati yo‘nalishida vaziyat keskinlashdi.
Bu haqda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Ozarbayjon armiyasining ko‘rsatilgan yo‘nalishdagi bo‘linmalari hech qanday aviatsiya va artilleriya vositalaridan foydalanmasdan, dushmanni bostirish uchun tegishli javob choralarini ko‘rmoqda.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, hozirda operativ vaziyat Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari nazorati ostida.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi arman kuchlarining navbatdagi provokatsiyasi natijasida 11-yanvar kuni tushda Ozarbayjonning Armaniston bilan chegaradosh Kalbajar viloyati hududida ozarbayjonlik harbiy Ayaz Nazarov halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Armaniston mintaqadagi keskinlikni kuchaytirish uchun bevosita javobgar hisoblanadi.
Aloqador xabarlar
Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev bilan Qasim - Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi.
Qirg‘izistonda Imomidin Tashov qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda hukumatni ag‘darishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan Tashov qo‘lga olindi.