Armaniston armiyasi Ozarbayjon mavzelariga qarshi oʻt ochdi
Armaniston armiyasining chegaradagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi oʻt ochgani ma'lum qilindi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston armiyasining chegaradagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi oʻt ochganini maʼlum qildi.
Vazirlik bayonotida, Kalbajar viloyatidagi mavzelarning mahalliy vaqt bilan soat 13:50 atrofida Basargecher viloyatining Yuqori Shorja qishlog‘idagi arman mavzelaridan yirik kalibrli qurollar orqali o‘qqa tutilgani bildirildi.
Bayonotda shuningdek, Ozarbayjon armiyasining javob berishi ortidan qarshi tomonning o‘t ochishni to‘xtatgani qayd etildi.
Mintaqadagi vaziyatning Ozarbayjon askarlari nazorati ostida ekani ta’kidlangan bayonotda, Ozarbayjon askarlari orasida qurbonlar yo‘qligi ifoda etildi.
Aloqador xabarlar
Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga hamdardlik bildirdi
Shavkat Mirziyoyev bilan Qasim - Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi.
Qirg‘izistonda Imomidin Tashov qo‘lga olindi
Qirg‘izistonda hukumatni ag‘darishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan Tashov qo‘lga olindi.