Ching‘iz Aytmatov xotirasiga hurmat bajo keltirildi

Tavalludining 93-yilligi munosabati bilan mashhur qizg‘iz yozuvchisi Ching‘iz Aytmatov xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

1746674
Ching‘iz Aytmatov xotirasiga hurmat bajo keltirildi

Mashhur qizg‘iz yozuvchisi Ching‘iz Aytmatov tavalludining 93-yilligi munosabati bilan Qirg‘izistonda turli tadbirlar o‘tkazilib, yodga olish marosimlari uyushtirildi.

Shu munosabat bilan Turk dunyosining mushtarak qadriyati qirg‘iz yozuvchi Aytmatovning qabri, “Ata-Beyit” milliy va tarixiy yodgorlik majmuasiga oilasi, kasbdoshlari va muxlislari borib gullar qo‘yar ekan, duolar ham o‘qildi.  

Buyuk adib qabrini ziyorat qilganlar qatorida “Manas” nomidagi Qirg‘iz-turk universiteti (KTMU) rektori, professor doktor Alpaslan Jeylan ham bor edi. Alpaslan Jeylan Aytmatov qabri boshida so‘zlagan nutqida, Manas universiteti kampus nomining Ching‘iz Aytmatov ekanini yodga solgan holda:

“Qirg‘izning ruhi, dasht donishmandi, turk dunyosining tinimsiz adabiy elchisi Ching‘iz Aytmatovni sevgi, sog‘inch va rahmat ila yodga olaman”.-dedi.

Madaniyat, axborot, sport va yoshlar siyosati vazirligi ham poytaxt Bishkekdagi Aytmatov haykali oldida kitob o‘qish tadbiri tashkil etib, Aytmatovga bag‘ishlangan ko‘plab tanlovlarda muvaffaqiyatga erishganlarni mukofat bilan taqdirladi.

Qirg‘izistonning Talas viloyatiga qarashli Shakar qishlog‘ida 1928-yilning 12-dekabri kuni tug‘ilgan Aytmatov, 2008-yilning may oyida Rossiya telekanallaridan biri tomonidan tayyorlanayotgan hujjatli filmni suratga olish uchun borgan Tatariston poytaxti Qozon shahrida tobi qochib, davolanishi maqsadida olib borilgan Germaniyada, 10-iyun kuni hayotdan ko‘z yumdi.

Mashhur yozuvchi Ching‘iz Aytmatov Qirg‘iziston poytaxti Bishkektdagi “Ata-Beyit” milliy va tarixiy yodgorlik majmuasida, otasi Toroqul Aytmatovning qabri yonida tuproqqa berilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar