Ozarbayjonning Shusha viloyatida mina portladi

Ozarbayjonning Shusha viloyatida, ishg'ol davrida Armaniston tomonidan qo'yilgan minaning portlashi oqibatida 2 nafar qurilish ishchisi hayotdan ko'z yumdi.

1745422

Ozarbayjon Bosh prokuraturasining bayonotida, hayotdan ko'z yumganlarning Armaniston ishg'oli tugaganidan keyin Shusha viloyatida qurilish va infratuzilma ishlarini olib borgan shirkat ishchilari Orxan Hanatov va Vusal Bendeliyev ekanligi bildirildi. 

Mazkur voqea yuzasidan Bosh prokuratura jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

2020-yil 10-noyabrda Ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan beri Armaniston tomonidan ishgʻol davrida qoʻyilgan minalarning portlatilishi natijasida 36 nafar ozarbayjonlik halok bo'lgan. Ulardan 7 nafari askar. 153 kishi jarohatlangan. Ulardan 109 nafari askarlar hisoblanadi.

Tanlangan kalimalar: #Shusha , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar