Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari uchrashuv oʻtkazdi

MOPDMM tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlarining navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi.

1744858
Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlari uchrashuv oʻtkazdi

2021-yil 8-dekabr kuni Dushanbe shahrida BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari oʻrinbosarlarining navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati o‘zining rasmiy veb saytida ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov boshchilik qilgan.

Tadbir ishtirokchilari mintaqadagi mavjud tahdidlar xavf-xatarlarga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni, MOPDMM bilan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, yetakchi yoshlar bilan muloqot uchun yo‘lga qo‘yilayotgan imkoniyatlarni muhokama qilganlar. 

“BMTning Markaziy Osiyodagi global terrorizmga qarshi strategiyasi doirasida Qoʻshma harakatlar rejasini amalga oshirish yoʻlida” qoʻshma loyihasining uchinchi bosqichi yakunlari koʻrib chiqilgan. Loyihaning toʻrtinchi bosqichi asosiy yoʻnalishlari taqdimoti boʻlib oʻtgan.

“Yashil” kun tartibini ilgari surish, ekologiya va bioxilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Furqat Sidikov , #MOPDMM

Aloqador xabarlar