Turk davlatlari tashkiloti muruvvat yordami sifatida Burkina-Faso va Togoga vaksina yubordi

Turk davlatlari tashkiloti muruvvat yordami sifatida Burkina-Faso va Togoga koronavirusga 611 ming 200 doza vaksina yubordi.

1744029
Turk davlatlari tashkiloti muruvvat yordami sifatida Burkina-Faso va Togoga vaksina yubordi

Turk davlatlari tashkiloti tomonidan muruvvat yordami sifatida Burkina-Faso va Togoga yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi 611 ming 200 doza vaksina yetkazib berildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanning Turk davlatlari tashkilotiga Afrika mamlakatlariga vaksina jihatidan yordam koʻrsatish haqidagi taklifi yodga solingan holda, Turkiyaning pandemiyaga qarshi kurashda xalqaro birdamlikka alohida e’tibor bergani ta’kidlandi.

Bayonotda, Erdo‘g‘anning oktabr oyida Afrikaga uyushtirgan tashrifi chog‘ida ham mintaqa davlatlariga yordam berish haqida qaror qabul qilgani yodga solinib:

“Hurmatli Prezidentimiz, Turk davlatlari tashkilotining 8-sammitida Tashkilot nomidan Afrikaga vaksina jihatidan yordam yetkazib berilishini ham bildirgandi”.-degan ifodalarga oʻrin berildi.

Bayonotda, tashkilot nomidan Afrika mamlakatlariga yuborish uchun Turkiyaning 200 ming, Ozarbayjon bilan Oʻzbekistonning 100 mingdan jami 200 ming doza Sinovac vaksinasi, Vengriyaning 211 ming 200 doza Sinopharm vaktsinasi ajratgani ma’lum qilindi.

Yuqorida nomi tilga olingan vaksinalarning talab va ehtiyoji inobatga olingan holda Burkina Faso va Togoga yetkazilishi uchun zarur kelishuvlarga erishilgani ta’kidlangan bayonotda:

“Ozarbayjon, Oʻzbekiston va Vengriya tomonidan taqdim etilgan vaksinalar mamlakatlarga yetkazildi. Bu vaksinalar mamlakatimiz tomonidan ajratilgan vaksinalar bilan birga harbiy yuk tashuvchi uchoq orqali 6-dekabr kuni ikki davlatga joʻnatildi. Burkina-Fasoga 400 ming Sinovac, Togoga 211 ming 200 doza Sinopharm vaksinasi topshirildi”.-deyildi.

 



Aloqador xabarlar