Ozarbayjonda harbiy vertolyot halokatga uchradi

Ozarbayjonda mahalliy vaqt bilan soat 10:40 atrofida harbiy vertolyot halokatga uchradi.

1740752
Ozarbayjonda harbiy vertolyot halokatga uchradi

Ozarbayjonda Davlat chegara xizmatiga oid harbiy vertolyotning halokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligi aytilmoqda.

Davlat chegara xizmatlari tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, voqea mahalliy vaqt bilan soat 10:40 atrofida Xizi viloyatidagi Qorahaybat o‘quv-mashq maydonida sodir bo‘lgani bildirildi.

Bayonotda shuningdek, vertolyot ekipaji orasida qurbonlar va jarohatlanganlar borligi qayd etildi.

Voqea joyiga vakolatli shaxlarning yetib borgani va voqea yuzasidan tergov boshlatilgani ham ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar