Qirg‘iziston ertaga parlamentning yangi a'zolarini saylaydi

Qirg‘iziston 28-noyabr, haftaning yakshanba kuni parlamentning yangi a'zolarini saylaydi.

1739212
Qirg‘iziston ertaga parlamentning yangi a'zolarini saylaydi

Qirg‘izistonda ertaga 28-noyabr, haftaning yakshanba kuni parlament saylovi boʻlib oʻtadi.

Unda saylovchilar parlamentning yangi a’zolarini saylash uchun ovoz beradi.

Roʻyhatdagi 21 siyosiy partiya ishtirok etadigan va 287 nafar mustaqil nomzod kuch sinashadigan saylovda 3 million 703 ming 420 saylovchi ovoz berish huquqiga ega.

Chet elda yashagan davlat fuqarolarining ham huddi shu kuni ovoz bera olishlari uchun dunyoning 29 davlatida 59 ta saylov uchastkasi tashkil etiladi.

Konsulliklarda roʻyxatdan oʻtgan va biometrik maʼlumotlari olinganlar Turkiyaning Anqara, Istanbul va Antaliya viloyatlarida ovoz berishi mumkin.

Saylov kuni ovoz berish ishlari mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da (Turkiya vaqti bilan 05:00) boshlanib, soat 20:00da yakunlanadi.


Tanlangan kalimalar: #Qirg‘iziston , #parlament saylovi

Aloqador xabarlar