Qirg‘izistonda qirgʻiz tili haqidagi qonun loyihasi tayyorlandi

Rus tili ham rasmiy til boʻlgan mamlakatda Qirgʻiz tili haqidagi qonun loyihasi parlamentda maʼqullansa, prezident Sadir Japarov imzosiga taqdim etiladi.

1739115
Qirg‘izistonda qirgʻiz tili haqidagi qonun loyihasi tayyorlandi

 

Qirg‘izistonda qirg‘iz tilini jamiyat hayotining barcha sohalarida keng targ’ib etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi tayyorlandi.

Davlat tili milliy komissiyasi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan “Qirg‘iziston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonun loyihasida qirg‘iz tili madaniy qadriyatlarga ega bo’lgan qadimiy turkiy tillardan biri ekanligi ta’kidlangan.

Qonun loyihasida qirg‘iz tilining rasmiy til maqomi konstitutsiyaga kiritilgani, bu Qirg‘iziston suveren respublikasini tashkil etuvchi xalqning tili va mamlakatdagi etnik xalqlarning muloqot tili ekanligi ta’kidlandi.

Qonun loyihasida qirg‘iz xalqining o‘ziga xosligini rivojlantirish, til siyosatini takomillashtirish davlat tilidan keng va to‘liq foydalanish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida davlat tilini saqlab qolishning asosi ekanligi ta’kidlandi.

Rus tili ham rasmiy til boʻlgan mamlakatda Qirgʻiz tili haqidagi qonun loyihasi parlamentda maʼqullansa, prezident Sadir Japarov imzosiga taqdim etiladi.


Tanlangan kalimalar: #qirg'iz tili , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar