Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi raisi vakolatlarini prezident To‘qayevga topshirdi

“Siyosiy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida Nursulton Nazarboyev "Nur Otan" partiyasi raisi vakolatlarini topshirishga qaror qildi",-deb yozgan Aydos Ukibay Twitterdagi sahifasida.

1737643
Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi raisi vakolatlarini prezident To‘qayevga topshirdi

 

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev hokimiyatning “Nur Otan” partiyasi raisi vakolatlarini mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga topshirdi.

Bu haqda Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay ma'lum qildi.

“Siyosiy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida Nursulton Nazarboyev "Nur Otan" partiyasi raisi vakolatlarini topshirishga qaror qildi va partiyani mamlakat Prezidenti boshqarishi kerakligini ta’kidladi. Vakolatni topshirish jarayoni partiya nizomiga muvofiq amalga oshiriladi”, deb yozgan Aydos Ukibay Twitterdagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nazarboyev 2019 yilning 20 martida prezidentlikdan ketgan, biroq Xavfsizlik kengashi rahbari va hokimiyatdagi “Nur Otan” partiyasi yetakchisi lavozimlarini saqlab qolgan. Joriy yil aprelida Nazarboyev Qozog‘iston Xalq Assambleyasi raisligi lavozimini tark etish va bu vakolatlarni respublikaning amaldagi rahbariga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi, biroq u organning faxriy raisi sifatida qolgandi.


Tanlangan kalimalar: #Nursulton Nazarboev , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar