Arman askarlari Ozarbayjonning Tovuz viloyati yo‘nalishidagi mavzelarga qarshi o‘t ochdi

Arman askarlarining Ozarbayjon-Armaniston chegarasining Tovuz viloyati yo‘nalishidagi mavzelarga qarshi o‘t ochgani qayd etilmoqda.

1735558
Arman askarlari Ozarbayjonning Tovuz viloyati yo‘nalishidagi mavzelarga qarshi o‘t ochdi

Xabar qilinishicha, arman askarlari Ozarbayjon-Armaniston chegarasining Tovuz viloyati yo‘nalishidagi mavzelarga qarshi o‘t ochgan.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Armaniston askarlarining kecha mahalliy vaqt bilan soat 17:54 dan 22:52 ga qadar Shamsiddin viloyatining Chinorli va Mug‘anjik qishloqlaridagi mavzelaridan Tovuz viloyatining Munjuklu, Ag‘bulag, Gosha, Koxanebi va Esrik Jirdihon qishloqlari yo‘nalishidagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi turli kalibrli qurollari orqali o‘q uzgani bildirildi.

Bayonotda shuningdek, Ozarbayjon askarlarining ham qarshi tomonga javob tariqasida o‘q uzgani qayd etildi.



Aloqador xabarlar