Bugun Bokuda Qorabog‘ g‘alabasining 1-yilligi munosabati bilan parad uyushtirildi

Qorabog‘ g‘alabasiga bugun 1-yil to‘ldi.

1730837
Bugun Bokuda Qorabog‘ g‘alabasining 1-yilligi munosabati bilan parad uyushtirildi
azerbaycan karabag yuruyus1.jpg
azerbaycan karabag yuruyus.jpg

Ozarbayjon poytaxti Bokuda Qorabog‘ g‘alabasining 1-yilligi munosabati bilan parad uyushtirildi.

“G‘alaba kuni” bayrami doirasida “Azneft” maydonidan boshlagan paradda harbiy litsey o‘quvchilari, Chegara xizmatlari qo‘mondonligiga qarashli otliq qo‘shinlar, Qorabog‘ urushi faxriylari va fuqarolar ishtirok etdi.

Harbiy orkestr marshlari bilan boshlagan paradda harbiy litsey o‘quvchilari, urushning 44 kunlik jarayoniga ishora qiluvchi 440 metrlik Ozarbayjon bayrog‘ini tashidi.

Fuqarolar qo‘llaridagi Ozarbayjon va Turk bayroqlari bilan “Qorabog‘ Ozarbayjondir” degan shiorlar aytib, qo‘shiqlar quyladi.

Minglab kishi ishtirok etgan parad Armaniston armiyasidan qaytarib olingan qurol va zirxli transportlarning bir qismi namoyish etilgan Bokudagi “G‘animatlar muzayida” yakunlandi.

Bundan roppa-rosa bir yil oldin Ozarbayjon tarixida muhim hodisa ro‘y berdi. Unda Ozarbayjon armiyasi Qorabog‘ning ramzi bo‘lgan yirik shahrini, bosh kentini, Shushani ishg‘oldan ozod qilgandi. Mamlakat armiyasi Armaniston Qurolli kuchlariga qarshi olib borgan kurashi natijasida qariyb 30 yil ishg‘ol ostida bo‘lgan 300 dan ortiq hududini qaytarib oldi. Ozarbayjon armiyasining Shushaga kirib borishi, Armaniston Qurolli kuchlarining tarqashiga yo‘l ochdi va Armaniston 2020-yilning 10-noyabri kuni mag‘lubiyatni tan olgan va Ag‘dam, Kalbajar, Lochin viloyatlaridan ham chiqib ketishga va’da bergan bitimga qo‘l qo‘ydi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev urush tugagan kun 10-noyabrning Mustafa Kemal Ataturkning vafot etgan kuniga teng kelgani bois Shusha ozod etilgan kunni 8-noyabr deb belgilab, ushbu kunni “G‘alaba kuni” deya e’lon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Boku , #Qorabog‘ g‘alabasi , #parad

Aloqador xabarlar