Istanbulda Turkiy kengashga a’zo davlatlar ta’lim vazirlari yig’ilishi bo’lib o’tdi

Yig‘ilishda Turkiya, Qozog'iston, Ozarbayjon, Qirg'iziston, O'zbekiston ta'lim vazirlari, shuningdek Turkiy Kengash bosh kotibi, Xalqaro Turk akademiyasi prezidenti, Vengriyaning Istanbuldagi bosh konsuli va boshqalar ishtirok etdi.

1729461
Istanbulda Turkiy kengashga a’zo davlatlar ta’lim vazirlari yig’ilishi bo’lib o’tdi

 

Shu yilning 3-4 noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy kengashga a’zo davlatlar ta’lim vazirlari yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Mazkur anjumanga Turkiya xalq ta’limi vazirligi raislik qildi. Anjuman ikki kun davom etdi.

3-noyabr kuni oliy mansabdor shaxslar yig‘ilishi, 4-noyabrda esa vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Turkiya milliy ta’lim vaziri Mahmut O'zer, Qozog‘iston ta’lim va fan vaziri Asxat Ayagambetov, Ozarbayjon ta’lim vaziri Emin Amrullaev, Qirg‘iziston ta’lim va fan vaziri Bolotbek Kupeshev, O‘zbekiston ta’lim vaziri o‘rinbosari Temurjon Komilov, Turkiy kengash Bosh kotibi Bag‘dod Amreyev, Xalqaro Turk akademiyasi prezidenti Darxan Qidirali va Vengriyaning Istanbuldagi bosh konsuli Laslo Keller ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida Turkiya ta’lim vaziri Mahmut O’zer ikki tomonlama muzokaralar o’tkazdi.

Turkiya xalq ta’limi vaziri Mahmut O’zer 4-noyabr payshanba kuni bo’lib o’tadigan Xalqaro Turk Akademiyasi Ilmiy qo’mitasining 4-yig’ilishiga raislik qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #Turkiy Kengash

Aloqador xabarlar