Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 oktyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.

1724744

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra,  Qirg‘iziston yetakchisi O'zbekistonda Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va unda ishonchli g‘alabaga erishilgani bilan davlat rahbarini chin dildan tabrikladi. Birodar o‘zbek xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va taraqqiyot tilaklari izhor etildi.

Prezidentlar savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va gumanitar hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarning borishini muhokama qildilar.

Mintaqa kun tartibidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Aloqador xabarlar