Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi media-forumi o’z ishini yakunladi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan media-forum “Ildizlari mushtarak tarix, kuchli kelajak” shiori ostida o’tkazildi.

1724474
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi media-forumi o’z ishini yakunladi

 

Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi media-forumi o’z ishini yakunladi.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan media-forum “Ildizlari mushtarak tarix, kuchli kelajak” shiori ostida o’tkazildi.

Sessiyalarda hozirgi globallashuv asrida axborot xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati, dezinformatsiya va media makondagi nosog‘lom muhitning odamlar ongiga, psixologiyasiga, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlariga daxl qilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama markazida bo‘ldi.

Virtual tahdidlardan himoyalanish, fakt-cheking, yangiliklarni saralash va tahlil qilish, bu boradagi muammolarga amaliy yechimlar topish yuzasidan muhim takliflar bildirildi.

Forumda Ozarbayjon, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Vengriyadan 500 ga yaqin axborot sohasi rasmiylari, tilshunos olimlar, diplomatik korpus va davlat idoralarining yuqori martabali mutasaddilari, jurnalistlar hamda talabalar ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar