O‘zbekiston xalqi yakshanba kuni yangi prezidentini saylaydi

O‘ttiz besh milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekistonda 21 million 266 ming saylovchi mamlakat bo‘ylab tashkil etilgan 10 ming 760 saylov uchastkasida ovoz beradi.

1723657
O‘zbekiston xalqi yakshanba kuni yangi prezidentini saylaydi
Özbekistan seçim.jpg
Özbekistan.jpg

O‘zbekiston xalqi yakshanba kuni yangi prezidentini saylaydi.

O‘ttiz besh milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekistonda 21 million 266 ming saylovchi mamlakat bo‘ylab tashkil etilgan 10 ming 760 saylov uchastkasida ovoz beradi.

Qonunlar asosida faqatgina siyosiy partiyalar prezidentlikka nomzod ko‘rsata olgan O‘zbekistonda 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarda Ekologik partiyadan  Narzulla Oblomurodov,Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova,  «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Alisher Qodirov, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev prezidentlik uchun kuch sinashadi.

Saylovni 50 dan ortiq davlat bilan Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turk kengashi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kabi tashkilotlardan mingga yaqin xalqaro kuzatuvchi kuzatib boradi.

Saylov davomida shuningdek, 1700 dan ortiq mahalliy va chet ellik jurnalist xizmat qiladi.

Prezident 5 yil muddatga saylanadigan Ozbekiston qonunlariga kora ozbek tilini yaxshi bilgan, 35 yoshga tolgan va oxirgi 10 yil davomida mamlakatda doimiy yashagan Ozbekiston fuqarosi prezidentlikka nomzod bolishi mumkin.

Bundan 5 yil muqadam, 2016-yilning dekabr oyida prezidentlik saylovida 3 raqibi oldida 88.61 foizlik ovoz bilan g‘alabani Shavkat Mirziyoyev qo‘lga kiritgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar