Tog'li Qorabog'ning Ganja shahrida o'tgan yili Armaniston hujumlarida halok bo'lganlar xotirlandi

Ozarbayjonning 2020 yil 27 sentyabrdagi qarshi hujumi bilan boshlangan 44 kunlik urush davrida Armaniston tinch aholini nishonga oldi.

1721037
Tog'li Qorabog'ning Ganja shahrida o'tgan yili Armaniston hujumlarida halok bo'lganlar xotirlandi

Tog'li Qorabog'ning ikkinchi yirik shahri Ganjada o'tgan yili Armaniston hujumlarida halok bo'lganlar xotirlandi.

Ozarbayjonning 2020 yil 27 sentyabrdagi qarshi hujumi bilan boshlangan 44 kunlik urush davrida Armaniston tinch aholini nishonga oldi.

Nishonga olingan nuqtalardan biri mamlakatning ikkinchi yirik shahri Ganja edi.

Hujumlarning 1 yilligida hayotdan ko'z yumganlar xotirlandi.

2020 yil 4-8-11 va 17 oktyabr kunlari Ganjaga uzoq masofali raketalar bilan uyushtirilgan hujumlarda 26 tinch fuqaro halok bo'ldi va 130 kishi yaralandi.

Minglab odamlar qo'llarida Ozarbayjon bayroqlari bilan maqsadli nuqtalarga qarab yurishdi.

Armanlarning 7 xil shaharga uyushtirgan hujumlarida 100 tinch fuqaro halok bo'ldi va 400 dan ortiq odam yaralandi.

Hujumlar paytida ko'p sonli uylar yaroqsiz holga kelgan


 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Ganja , #Tog'li Qorabog' , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar