Arman qurolli kuchlari guruhi uzgan oʻq natijasida 1 nafar Ozarbayjon askari shahid boʻldi

Noqonuniy yoʻllar orqali arman qurolli kuchlari guruhi tomonidan uzilgan oʻq natijasida 1 nafar Ozarbayjon askari shahid boʻldi.

1720108
Arman qurolli kuchlari guruhi uzgan oʻq natijasida 1 nafar Ozarbayjon askari shahid boʻldi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi rus unsurlari nazoratidagi mintaqadan noqonuniy yoʻllar orqali arman qurolli kuchlari guruhi tomonidan uzilgan oʻq natijasida 1 nafar Ozarbayjon askarining shahid boʻlganini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, mahalliy vaqt bilan soat 18:15 chogʻlarida snayper oʻqidan askar Afgʻon Hamzayevning halok boʻlgani xabar qilindi.

Bayonotda, terror hujmi deb qayd etilgan harakatning Turkiya-Rossiya qoʻshma kuzatuv markazidan surishtirilishi talab qilingani bildirildi.

Minskda Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston Tashqi Ishlar vazirlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda noqonuniy ravishda arman qurolli kuchlari guruhi qoʻl urgan terror harakatlarining qasddan, igʻvogar tusda ekani qayd etilar ekan, Armanistonning mintaqadagi vaziyatni ataylab taranglashtirish, 2020-yilning 10-noyabri kuni qoʻl qoʻyilgan uch tomonli deklaratsiyaning yoʻlga qoʻyilishiga monelik qilish va rus unsurlari faoliyatiga toʻsiqlik qilish niyatida ekani ifoda etildi.  

Shuningdek, terror hujmi uyushtirgan noqonuniy arman qurolli kuchlari guruhining yoʻq qilinishi va ularning bunga javob berishi uchun Ozarbayjon qonunlari asosida qarorli qadamlarning tashlanishi ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar