Akilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi etib tayinlandi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Vazirlar Mahkamasining yangi raisini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

1719212
Akilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi etib tayinlandi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Vazirlar Mahkamasining yangi raisini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

"Sadir Japarov imzolagan farmonga muvofiq, Akilbek Japarov Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – respublika prezidenti ma'muriyati rahbari etib tayinlandi", — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Bugun, 13-oktyabr kuni Qirg‘iziston parlamenti Akilbek Japarov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi tarkibi tuzilishiga rozilik berdi. Sadir Japarov parlamentda so'zlagan nutqida Vazirlar Mahkamasiga ishonch ovozi berganligi uchun deputatlarga minnatdorlik bildirib, "Aprel oyidagi referendumda qabul qilingan konstitutsiyamizning to'liq ijro etilishiga zamin yaratdingiz",-dedi.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi – respublika prezidenti ma'muriyati rahbari etib tayinlangan Akilbek Japarov ilgari Qirg‘iziston moliya vaziri, iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Avvalroq, Sadir Japarov mamlakat hukumatini iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

Eslatish joizki, Sadir Japarov Qirg‘izistonda joriy yilning 10 yanvar kuni muddatidan oldin o‘tkazilgan prezidentlik saylovida g‘alaba qozongandi. U Vazirlar Mahkamasiga xalq farovonligini oshiradigan, va'dalarni bajarishga qodir va davlat iqtisodiyotini mustahkamlaydigan kadrlarni olib keldi. Ba'zi vazirliklar nomlari o'zgartirildi. Tashqi ishlar vazirining vakolatlari kengaytirildi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar