Sadir Japarov Qirg‘iziston hukumatini iste'foga chiqardi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat hukumatini iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

1719210
Sadir Japarov Qirg‘iziston hukumatini iste'foga chiqardi

 

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat hukumatini iste'foga chiqarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

"Sadir Japarov Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iste'fosi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste'foga chiqarildi", — deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasida lavozimni egallab turgan shaxslar Mahkamaning yangi tarkibi shakllanguniga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Avvalroq, Qirg‘iziston prezidenti o‘z vakolatlarini kengaytirgani xabar qilingandi.

Xabarga ko‘ra, u "Qirg‘iziston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi" to‘g‘risidagi qonunni imzolagan. Hujjatga muvofiq, Japarov o‘z tashabbusi bilan bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi a'zolarini bo‘shatishi mumkin.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi a'zolari uchun ayrim cheklovlar o‘rnatildi. Xususan, ular tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullana va saylov kampaniyalari davrida ma'muriy resurslardan foydalana olmaydi.


Tanlangan kalimalar: #Sadir Japarov , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar