Kamilov Istanbulda ishbilarmon doiralari, vatandoshlar va diaspora vakillari bilan uchrashdi

Amaliy tashrif bilan hozirda Turkiyada bo‘lgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Istanbulda ishbilarmon doiralari, vatandoshlar va diaspora vakillari bilan uchrashdi.

1712014
Kamilov Istanbulda ishbilarmon doiralari, vatandoshlar va diaspora vakillari bilan uchrashdi

Amaliy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov kecha, 28-sentabr kuni mamlakat mustaqilligining 30-yilligi munosabati bilan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi diplomatik vakolatxonasida tashkil etilgan tantanali bayram tadbirida ishtirok etdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Qayd etilishicha tadbirda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri bir guruh faollarga ikki tomonlama munosabatlar rivojiga qoʻshayotgan hissasi uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30-yilligi” esdalik nishonlarini topshirdi.

Uchrashuv davomida vatandoshlar, diaspora vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Tadbir yakunida Abdulaziz Kamilov Turkiyadagi yurtdoshlarini yaqinlashib kelayotgan Prezident saylovida faol qatnashishga chorladi.

 



Aloqador xabarlar