Mustafa Shento‘p: FETO qardosh davlatlarning milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda

Mustafa Shento‘p Qozog‘istonning Turkiston shahrida uyushtirilgan TürkPAning “Turk dunyosida parlamentlararo hamkorlik va kelajak uchun rejalar”.-deb nomlangan navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

1711758
Mustafa Shento‘p: FETO qardosh davlatlarning milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda
mustafa sentop.jpg

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shento‘pning qayd etishicha Fetullahchi terror tashkiloti (FETO) faoliyat olib borayotgan mamlakatlarda, milliy xavfsizlik uchun tahdid yaratmoqda. Bunga qardosh davlatlar ham doxil.

Mustafa Shento‘p Qozog‘istonning Turkiston shahrida uyushtirilgan Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Parlament assambleyasining (TürkPA) “Turk dunyosida parlamentlararo hamkorlik va kelajak uchun rejalar”.-deb nomlangan navbatdagi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Xalqaro aloqalarda parlamentlar va deputatlar o‘rnining ortib borayotganiga e’tibor qaratgan Shento‘p, TürkPAning umumiy muammolarni hal qilish uchun umumiy yechimlar ishlab chiqarish maqsadida xalqaro tus olganini qayd etdi.

O‘z nutqida, 2016-yilning 15-iyulidagi to‘ntarish tashabbusini yodga solgan Shento‘p, FETOning yagona maqsadi o‘sha davlatlarni qo‘lga olish ekanini ta’kidladi.

FETOning Turkiyadan boshqa dunyoning ko‘plab davlatida faoliyat yuritganiga diqqat qaratgan Shento‘p:

“Bu dahshatli tashkilotning birodar mamlakatlar doxil faoliyat olib borayotgan davlatlar uchun milliy xavfsizlik tahdidi tashkil etayotganini takror ifoda etishni xohlayman”.-deya gapirdi.

 



Aloqador xabarlar