Turkiya Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan Turk kengashi Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

1710853
Turkiya Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qiladi

Turkiya Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlik qiladi.

Bu haqida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Twitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga koʻra Mevlut Chavushoʻgʻlu Turk kengashi tarkibidagi Tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Istanbulga tashrif buyurgan Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashgan.

Turkiyaning Afgʻoniston masalasi boʻyicha Oʻzbekiston bilan hamkorlikda ish olib borishini qayd etgan Chavushoʻgʻlu, ikki birodar mamlakatning Imtiyozli savdo shartnomasi bilan oʻzaro savdo hajmini yana-da oshirishini hamda koronavirusga qarshi vaksina sertifikatlarini ikki tomonlama tan olishini bildirdi.

Shuningdek Chavushoʻgʻlu Nobel mukofati sovrindori, turk olim Aziz Sanjarning Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishining kechki ovqat dasturi faxriy mehmoni boʻlganini qayd etdi.

Chavıshoʻgʻlu Twitter orqali bergan bayonotida bu haqida:

“Turk kengashi tarkibidagi Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishimizning kechki ovqat dasturida faxriy mehmonimiz, eng katta orzusi Turk dunyosi ittifoqini koʻrish boʻlgan Nobel mukofati sovrindori, olim Aziz Sanjar edi. Aziz Sanjarning, “Ilm-fan va turk dunyosining milliy uygʻonishi” deb nomlangan ma’ruzasini katta qiziqish bilan tingladik”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Abdulaziz Kamilov , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar