Qorabog' beqarorlik va nizolardan emas tinchlik va taraqqiyot bilan eslanishi kerak

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Qorabog’ning beqarorlik va nizolardan  ko’proq  tinchlik va taraqqiyot bilan eslanishini istaganlarini aytdi.

1711041
Qorabog' beqarorlik va nizolardan emas tinchlik va taraqqiyot bilan eslanishi kerak

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, Qorabog’ning beqarorlik va nizolardan  ko’proq  tinchlik va taraqqiyot bilan eslanishini istaganlarini aytdi.Chavusho’g’li va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Istanbulda, Turk tilli mamlakatlar hamkorlik kengashi  (Turk Kengashi) o’tkazilgan Prezidentlik Dolmabahche Mehnat idorasida mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi. Turk kengashi a'zolari, barcha xalqaro hamjamiyat singari, Afg'onistonga nisbatan ham xuddi shunday umid va xavotirlarga ega ekanligini ifoda etgan Chavushog'lu, bu doirada tashlanishi mumkin bo'lgan qadamlar yig'ilishda baholanganini aytdi. Chavusho’g'lu, "Biz tartibsiz migratsiya yukini boshidan kechirayotgan davlatlar, ayniqsa qo'shni davlatlarni birdamlikka chaqirdik. Terrorizmga qarshi kurashda nima qilish mumkinligini muhokama qildik. Bu masalalarga urg'u berilgan qo'shma bayonot ham qabul qilindi" dedi. Chavushog'lu, Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi va Qorabog 'ishg'olidan ozod qilinishiga sabab bo'lgan Vatan urushining boshlanishi, 27 sentabrning turk dunyosi uchun mazmunli sana ekanligini bildirdi. "Biz Qorabog'ni beqarorlik va nizolar  bilan emas, balki tinchlik va taraqqiyot bilan eslashlarini istaymiz. Mintaqa endi normallashish  jarayoniga kirishi kerak. Endi mintaqaviy hamkorlik va farovonlik uchun yangi imkoniyatlar paydo bo'ldi".Turk Kengashi Qorabog'da yuqori darajali yig'ilish o'tkazadimi yoki yo'qmi degan savolga, Chavushog'lu:"Bu joylar ozod qilinganidan beri, biz nafaqat Turk  Kengash, balki bundan buyon Ozarbayjon bu mintaqaning istalgan shahrida o'tkazadigan har qanday  bir yig'ilishga  qatnashishdan juda xursand bo'lamiz." dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar