Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri O‘zbekistonga tashri buyuradi

O‘zbekiston elchisi Alisher Aʼzamxo‘jayev Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1710881
Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri O‘zbekistonga tashri buyuradi

 

O‘zbekiston elchisi Alisher Aʼzamxo‘jayev Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi va aholi farovonligini taʼminlashda agrosanoat majmui ulkan ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

O‘zbekiston elchisi so‘nggi yillarda O’zbekistonda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalar jalb qilish borasidagi muayyan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Bekir Pakdemirli O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha  amalga oshirayotgan izchil islohotlarni kuzatib borayotganini bildirdi. Uning aytishicha, Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor.

Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri bog‘dorchilik, o‘rmon va issiqxona xo‘jaliklari sohasi mutaxassislari uchun Turkiyada qisqa muddatli,  shu jumladan, masofaviy treninglar tashkil etishga ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv natijasida vazir Bekir Pakdemirli boshchiligidagi Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining joriy yil noyabr-dekabr oylarida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Bekir Pakdemirli

Aloqador xabarlar