Ozarbayjon Armaniston tomonidan joylashtirilgan mina va portlamagan oʻq-dorilarni yoʻq qildi

Ozarbayjon Armaniston tomonidan joylashtirilgan 16 mingdan ortiq mina va portlamagan oʻq-dorini yoʻq qildi.

1709196
Ozarbayjon Armaniston tomonidan joylashtirilgan mina va portlamagan oʻq-dorilarni yoʻq qildi

Ozarbayjon Armaniston tomonidan joylashtirilgan 16 mingdan ortiq mina va portlamagan oʻq-dorini yoʻq qildi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, ishgʻoldan qutqarilgan mintaqalarda mina va portlamagan oʻq-dorilarni tozalash ishlarining davom etayotgani bildirildi.

Bayonotda, Turk istehkomlar birliklari ham ishtirok etgan qidiruv va tozalash faoliyatlarida Turkiyada ishlab chiqarilgan mexanik minalarni tozalash uskunalaridan ham foydalanilgani ifoda etildi.  

Birinchi navbatda yoʻllar, qishloq xoʻjaligi yerlari va aholi punktlarining minalardan tozalangani bildirilgan bayonotda, ishgʻoldan qutqarilgan mintaqalarda bugungacha 11 ming 900 gektar maydonning istehkom birliklari tomonidan tozalangani, 16 mingdan ortiq mina va portlamagan oʻq-dorilarning esa yoʻq qilingani ma’lum qilindi.

Ma’lumki, Ozarbayjonning ishgʻoldan qutqarilgan mintaqalarida ishgʻol davrida Armaniston tomonidan joylashtirilgan 100 minglab mina bor. Minalardan tozalash faoliyatlarini Ozarbayjon Mina tozalash agentligi olib bormoqda. Ushbu faoliyatga Ozarbayjon istehkom birliklari ham hissa qoʻshmoqda.

 



Aloqador xabarlar