Ersin Tatar: Prezident Erdoʻgʻan ShKTRning ovozi va kuchidir

ShKTR Prezidenti Ersin Tatar yozma ravishda bergan bayonotida, BMT 76-Bosh assambleyasining birinchi kunida ishtirokchilarga xitob etgan Prezident Erdoʻgʻanning oʻz nutqida Kipr muammosiga toʻxtalib, muhim bayonotlar berganini qayd etdi.

1709229
Ersin Tatar: Prezident Erdoʻgʻan ShKTRning ovozi va kuchidir

Ersin Tatarning qayd etishicha Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Shimoliy Kipr Turk Respublikasining (ShKTR) ovozi va kuchidir.

ShKTR Prezidenti Ersin Tatar yozma ravishda bergan bayonotida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) 76-Bosh assambleyasining birinchi kunida ishtirokchilarga xitob etgan Prezident Erdoʻgʻanning oʻz nutqida Kipr muammosiga toʻxtalib, muhim bayonotlar berganini qayd etdi.

Erdoʻgʻanning Kipr muammosini butunlay adolatli va barqaror ravishda hal qilish uchun faqatgina natijaga e’tibor berib, real yondashuv orqali amalga oshishini ta’kidlaganini yodga solgan Tatar, BMT teng qabul qilgan oroldagi ikki xalqdan biri (Grek yetakchiligi ) BMTga xitob eta olar ekan ikkinchi liderining bu platformada gaplarini eshittira olmayotganining adolatli emasligini ifoda etganiga ham e’tibor qaratdi.

Tatar, Erdoʻgʻanning muammoni hal qilish uchun Kipr Turk xalqining suveren tengligi va teng xalqaro maqomining roʻyxatga olinishi kerakligini shuningdek, Kipr Turk xalqi tomonidan ilgari surilgan va muammoni hal qilishga qaratilgan yangi qarorni qoʻllab –quvvatlaganiga ham toʻxtaldi.

Erdoʻgʻanning Kipr Turklarining koʻz qarashlari va yangi siyosatlarini (Kiprdagi muammoni ikki davlat asosida hal qilish) qat’iy qoʻllab-quvvatlagan nutqidan mamnun ekanliklarini bildirgan Tatar, Kipr Turklarining 1963-yildan beri xalqaro maydonda teng muomala va soʻz erkinligidan mahrumligini eslatdi.

Prezident Tatar, Kiprning ikkita teng huquqli egalaridan biri sifatida Kipr Turk xalqining BMT bosh boʻlish bilan birga xalqaro sohadagi munosib soʻz erkinligi haqqining hurmat qilinishini kutganliklarini ta’kidladi va bu borada:

“Hurmatli Prezident Erdoʻgʻan xalqaro hamjamiyatga bu haqidagi undovi orqali bizning ovozimiz va kuchimiz boʻldi. Shaxsiga minnatdorchilik bildiramiz”.-deya gapirdi.

Kiprda oʻz huquqlaridan ortigʻini xohlamasliklarini ta’kidlagan Tatar, Erdoʻgʻan ham toʻxtalganidek suveren tenglik va xalqaro maqom talabiga xalqaro hamjamiyatning ochiq-oydin yoʻndashuvini va Kiprda 1963-64 yillardan keyin buzilgan muvozanatning qayta tiklanishi uchun yordam berishlarini kutganliklarini ifoda etdi.

 

 



Aloqador xabarlar