Turkiya va O'zbekiston o'rtasida Imom Moturidiy haqida seminar o‘tkazildi

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Turkiyaning Ig‘dir universiteti hamkorligida "Imom Moturidiyning mo‘’taziliya maktabiga raddiyalari" mavzuida onlayn xalqaro ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

1709058

Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, hamkor tashkilotlar, O'zbekiston va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari, diniy yo‘nalishdagi ta’lim muassasalari olimlari va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdi.  

Seminarda Turkiyaning Ig‘dir universiteti ilohiyot fakulteti o‘qituvchisi, dotsent Yulduzbek Musaxanovning ma’ruzasi tinglandi.  

– Abu Mansur Moturidiy asarlarida dinlar o‘rtasida bag‘rikenglik, hurmat va umuman hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasiga hayotiy zarurat sifatida yondashilgan, – dedi Yulduzbek Musaxanov. – Alloma qarashlarida ilgari surilgan chuqur ilmiy va nazariy mulohazalar asosidagi qoida va mezonlar ma’rifiy islomni tushunish va o‘rganishning muhim sharti hisoblanadi. Moturidiy tomonidan mo‘’taziliya maktabi kabi botil oqimlarga qarshi mantiqiy va ilmiy dalillar asosida raddiyalar berilishi tarixiy ahamiyat kasb etadi. Diniy-e’tiqodiy ixtiloflar murakkablashib, yot mutaassib oqimlar faoliyati kuchayib borgan bir sharoitda, sof aqida va kalom ilmlari xulosalariga tayangan moturidiya ta’limotining vujudga kelishi jamiyatni bag‘rikenglik va mo‘’tadillik g‘oyalari asosida birlashtirishga va yot g‘oyalarni xalq orasidan siqib chiqarishga zamin yaratdi.  

Seminar davomida moturidiya ta’limotining mo‘’taziliylar qarashlaridan ustunlik jihatlari allomaning mazkur maktab vakillariga bergan ilmiy asoslangan raddiyalari orqali batafsil ko‘rsatib berildi.

Aloqador xabarlar