Ozarbayjon va Turkiya kuchlarining qo’shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonotiga ko’ra, “Buzilmas qardoshlik-2021” nomli mashg’ulotlarda ishtirok etadigan Turkiya harbiylarining bir qismi Naxichevanga yetib bordi.

1708501
Ozarbayjon va Turkiya kuchlarining qo’shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

 

Naxichevan Avtonom Respublikasida Ozarbayjon va Turkiya maxsus kuchlarining qo’shma harbiy mashg‘ulotlari boshlandi.

Ozarbayjon mudofaa vazirligi bayonotiga ko’ra, “Buzilmas qardoshlik-2021” nomli mashg’ulotlarda ishtirok etadigan Turkiya harbiylarining bir qismi Naxichevanga yetib bordi.

Turkiyadan yetib borgan harbiylar Naxichevanda hurmat ehtirom bilan kutib olindi.

Mashg’ulotlarning tantanali ochilish marosimida Turkiya va Ozarbayjon davlat gimni kuylandi va milliy bayroqlari ko’tarildi.

Mashg‘ulotlar ikki davlat o‘rtasida tuzilgan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Qayd etilishicha, mashg‘ulotlardan asosiy maqsad harbiylarning jangovar operatsiya o‘tkazishda o‘zaro hamkorligini takomillashtirishdan iborat. Bunda zamonaviy texnika va boshqa harbiy vositalardan foydalanishga alohida e'tibor qaratiladi.

Iyun oxirlarida Ozarbayjon va Turkiya qurolli kuchlari Naxichevan avtonom respublikasida maxsus-taktik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar