Turkiyalik ekspert Yangi O‘zbekistondagi islohotlarga munosabat bildirdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi huquqiy masalalar eksperti, Anqaradagi “Sohibqiron” tadqiqotlar markazi rahbari Mesut Emre Karako‘se Shanhay hamkorlik tashkilotining Dushanbe sammiti yakunlari haqidagi fikr-mulohazalarini taqdim qildi.

1708605
Turkiyalik ekspert Yangi O‘zbekistondagi islohotlarga munosabat bildirdi

 

Turkiya Buyuk Millat Majlisi huquqiy masalalar eksperti, Anqaradagi “Sohibqiron” tadqiqotlar markazi rahbari Mesut Emre Karako‘se Shanhay hamkorlik tashkilotining Dushanbe sammiti yakunlari haqidagi fikr-mulohazalarini taqdim qildi.

- SHHTning yubiley majlisida tashkilotga raislik O‘zbekiston Respublikasiga topshirildi. Bu tarixiy ahamiyatga molik jarayondir, dedi ekspert. - O‘zbekiston Prezidenti sammitdagi nutqida umumiy xatar va tahdidlarga qarshi o‘z vaqtida va birgalikda chora ko‘rish, SHHT makonida mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishlarida qator muhim takliflarni ilgari surdi. Sh.Mirziyoyev SHHT salohiyati va nufuzini yana-da mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni davom ettirish muhimligini alohida taʼkidladi.

Shu bilan birga, kambag‘allikni qisqartirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, transport bog‘liqligini rivojlantirish, pandemiya sog‘liqni saqlash sohasida yana-da yaqindan hamkorlik qilish, tashkilot doirasidagi hamkorlik loyihalariga kuzatuvchilar va muloqot bo‘yicha sheriklarni faol jalb qilishga qaratilgan rejalar katta ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida Afg‘oniston masalasiga ajratilgan eʼtibor alohida ahamiyatga ega. Afg‘onistondagi vaziyatga yechim topishda o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish, afg‘on jamiyatining barcha qatlamlarining keng siyosiy vakillikka erishishi, Afg‘oniston hududidan qo‘shni davlatlarga qarshi buzg‘unchi harakatlar uchun foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun “SHHT – Afg‘oniston” formatida yuqori darajadagi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish taklifi O‘zbekiston tomonining o‘z vaqtida va o‘ta muhim tashabbusi deb baholayman. Afg‘onistonning xorijiy banklardagi davlat aktivlariga nisbatan qo‘llangan muzlatishni bekor qilish masalasi ham hozirgi vaziyatda afg‘on jamiyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan gumanitar inqirozni oldini olishga ko‘mak berishi shubhasiz.

Shu narsa aniq ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston raisligi davomida SHHT ham mintaqaviy, ham xalqaro xavfsizlikni taʼminlash, o‘zaro koopersiya va hamkorlikni kuchaytirishda samarali ishlarni amalga oshiradi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” shiori ostidagi yangi islohotlari, faol tashqi siyosat yuritishga qaratilgan yondashuvlari, jumladan, qo‘shni mamlakatlar bilan tinchlikparvar va hamjihat aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlari SHHT raisligi davomida ham o‘z ifodasini topishiga ishonamiz. Ushbu yondashuv va tamoyillar “Shanhay ruhi” deb ifoda etiladigan mintaqaviy hamkorlik muhiti bilan ham uyg‘unlik va hamohanglikda taraqqiy etadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar