Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining navbatdagi sammiti Turkiston shahrida o'tkaziladi
27-28 sentyabr kunlari Qozog’iston janubidagi turkiy dunyoning ma’naviy poytaxti Turkiston shahrida bo’lib o’tadigan sammitda Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkiya parlament rahbarlari ishtirok etadi.
Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) navbatdagi sammiti 27-28 sentyabr kunlari Qozog’iston janubidagi turkiy dunyoning ma’naviy poytaxti Turkiston shahrida bo’lib o’tadi.
Shu munosabat bilan kuni kecha Qozog’iston parlamenti rahbari Nurlan Nigmatulin Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi bosh kotibi Altinbek Mamayusupovni qabul qildi.
Uchrashuvda 27-28 sentyabr kunlari bo’lib o’tadigan Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining (TurkPA) navbatdagi sammitiga puxta tayyorgarlik ko’rish xususida kelishib olindi.
Mazkur sammitda Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston va Turkiya parlament rahbarlari ishtirok etadi. O’zbekiston ham taklif qilingan mazkur sammitda Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasining 10 yillik faoliyati sarhisob qilinadi.
Shuningdek, Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi (TurkPA) Qozog’istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan bo’lib, unga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya a’zo bo’lgan. Bundan tashqari, Vengriya mazkur tashkilot ishida kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etmoqda.