Numan Kurtulmush boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi

Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o‘rinbosari – deputat Numan Kurtulmush boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan uchrashdi.

1707256
Numan Kurtulmush boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi O'zbekistonga tashrif buyurdi

 

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kuni kecha Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisining o‘rinbosari – deputat Numan Kurtulmush boshchiligidagi Turkiya parlamentining bir guruh deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ma’lumotga ko‘ra, konstruktiv muloqot chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish dinamikasi yuqori baholandi.

Turkiya tomoni O‘zbekistonda islohotlarni ilgari surishda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Erishilgan kelishuvlarni samarali ro‘yobga chiqarish hamda o‘zaro hamkorlik shakllari va mexanizmlarini yana-da takomillashtirish maqsadida yaqin hamkorlik qilishga kelishib olindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar