Turk va Ozarbayjon kuchlarining harbiy mashgʻuloti davom etmoqda

Turk va Ozarbayjon maxsus topshiriqli kuchlarining qoʻshma harbiy mashgʻuloti davom etmoqda.

1705314
Turk va Ozarbayjon kuchlarining harbiy mashgʻuloti davom etmoqda

Turk va Ozarbayjon maxsus topshiriqli kuchlarining ishgʻoldan ozod qilingan Lochindagi qoʻshma harbiy mashgʻuloti davom etmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda maxsus topshiriqli kuchlarning murakkab sharoitlarda kashfiyot ishlari yurtirishi, yoʻllarda uyushtirilgan pistirmalar, mintaqadagi sabotaj guruhlarini aniqlash va ularni yoʻq qilish shuningdek, turli toʻsiqliklarni oshib oʻtib, simulyatsiya qilingan dushmanlarga yashirin ravishda yaqinlashish kabi vazifalarni ijro etganliklari qayd etildi.

Bayonotda, qoʻshinlarning berilgan vazifalarni yuqori darajada, muvaffaqiyatli ravishda tamomlaganliklari ham ifoda etildi.



Aloqador xabarlar