O'zbek mutaxassislar Turkiyaning tarixiy obidalarni saqlash bo‘yicha tajribasini o‘rgandi

O'zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Akmal Shukurov boshchiligidagi delegatsiya joriy yil 3-9 avgust kunlari amaliy safar bilan Turkiyada bo‘ldi.

1691274
O'zbek mutaxassislar Turkiyaning tarixiy obidalarni saqlash bo‘yicha tajribasini o‘rgandi

 

O'zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari Akmal Shukurov boshchiligidagi delegatsiya joriy yil 3-9 avgust kunlari amaliy safar bilan Turkiyada bo‘ldi.

Safar davomida Turkiya madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi Jamg‘armalar bosh direksiyasi, Turkiya arxitektorlari va meʼmorlari uyushmasi, "PROYAPI" shirkati, "KORO A.Ş" korxonasi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda arxitektura-shaharsozlik, obodonlashtirish, madaniy meros obyektlarini saqlash, konservatsiyalash, restavratsiya qilish, tuzatish, taʼmirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish, ular bilan bog‘liq ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalash ishlari muhokama qilindi.

Muhokamalar natijasida Samarqand viloyatidagi  "Samtexnostroy invest" MCHJ va Turkiyaning "PROYAPI" shirkati o‘rtasida arxitektura va kommunikatsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Samarqand viloyat delegatsiyasi safar davomida, shuningdek,  Anqara shahrining Kechioren tumanidagi istirohat bog‘lari, velosiped yo‘laklari, sport maydonchalari, aholi uchun dam olish maskanlari va landshaft dizayn namunalarini ko‘zdan kechirdi.

Mehmonlar, shuningdek, Anqara jamg‘arma asarlari muzeyi, Aslanhane, Chengelhan, Sulton Alaaddin masjidlari bilan tinishdi. Istanbulga safar chog‘ida Sultanahmet, Ayasofiya, Molla Gyurani, Kariye, Rustem pasha masjidlarini tomosha qilish barobarida qadimiy obidalarni saqlash va restavratsiya ishlari bilan tanishdi. Samarqand vakillariga shahardagi yirik bozorlardan biri - Misr bozorida amalga oshrilgan ishlar va tartib-tamoyillar manzur keldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Samarqand , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar