Qirgʻiziston Turkmanistondan elektr energiyasi import qiladi

Qirgʻiziston Turkmanistondan yil oxirigacha elektr energiyasi import qiladi.

1689683
Qirgʻiziston Turkmanistondan elektr energiyasi import qiladi

Qirgʻiziston Turkmanistondan 501 million 900 ming kilovatt-soat elektr energiyasi import qiladi.

Qirgʻiziston Energetika va sanoat vazirligi tomonidan berilgan bayonotida, Energetika va sanoat vaziri Doskul Bekmurzayev bilan Turkmaniston Energetika vaziri Charimirat Purchekovning elektr energiyasi eksport qilishni koʻzda tutgan bitimning imzolangani qayd etildi.

Ushbu bitimga koʻra Qirgʻiziston Turkmanistondan yil oxirigacha 501 million 900 ming kilovatt-soat elektr energiyasi import qiladi.

Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarovning iyun oyida Turkmanistonga uyushtirgan rasmiy tashrifi chogʻida elektr energiyasini import qilish boʻyicha kelishib olingandi.



Aloqador xabarlar