Markaziy Osiyo sammiti Turkiya tahlilchilarining diqqat markazida

Anqara Inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi — ANKASAM  direktori, professor Mehmet Seyfitdin Erol arining Turkmanistonda o‘tkazilgan navbatdagi Maslahat  uchrashuvini tahlil qildi.

1687439
Markaziy Osiyo sammiti Turkiya tahlilchilarining diqqat markazida

 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Turkmanistonda o‘tkazilgan navbatdagi Maslahat  uchrashuvi Turkiya ekspert-tahlil hamjamiyati vakillari tomonidan faol tahlil qilinmoqda.

Mehmet Seyfitdin Erol, Anqara Inqiroz va siyosat tadqiqotlari markazi — ANKASAM  direktori, professor:
- Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashayotgan vaziyatda ushbu sammitning o‘tkazilgani juda muhim ahamiyatga ega, - dedi turk eksperti. - Ushbu davlat hududida tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy kun tartibidagi asosiy banddir. Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va bu davlatning mintaqa iqtisodiy jarayonlariga to‘la integratsiyalashuvi Markaziy Osiyo ravnaqiga bevosita ta’sir ko‘satadi.
15-16 iyul kunlari Toshkentda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" xalqaro konferensiyasi, anjuman ishtirokchilarining geografiyasi va yuqori darajasi, shuningdek, munozaralar davomida tilga olingan mintaqa xavfsizligiga oid muammolar va tahdidlar mintaqaviy masalalarni muhokama qilish uchun qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazish zarurligini ko‘rsatdi.
Turkmanistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat  uchrashuvi "soatlarni to‘g‘rilab olish", mintaqaviy kun tartibi bo‘yicha fikr almashish va dolzarb yechimlarni talab qiluvchi vazifalarni aniqlash, shuningdek, keyingi harakatlarni muvofiqlashtirish zarurliligidan dalolat beradi.



Aloqador xabarlar