Qozogʻistonda erta temir davriga oid qadimiy buyumlar topildi

Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatidagi erta temir davriga oid qabrda erta temir davriga oid qadimiy buyumlar topildi.

1686983
Qozogʻistonda erta temir davriga oid qadimiy buyumlar topildi

Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatidagi erta temir davriga oid qabrda miloddan avvalgi (M.A) 6–5 asrlarga oydinlik kirituvchi tosh qurbongoh va oltin bilan qoplangan marosim qilichi topildi.

Aqto‘be viloyat hokimi tomonidan berilgan bayonotiga ko‘ra, bir oy oldin viloyatning Mugaljar tumanidan topilgan temir davriga ta’luqli qabristonda arxeologik qazish ishlari boshlatilgan.

Mamlakatning muhim arxeologlari ishtirokida olib borilgan ushbu qazish ishlarida, erta temir davrida ko‘chmanchi xalq bo‘lgan sarmatlar foydalangan va miloddan avvalgi 6-5 asrga oydinlik kiritgan tosh qurbongoh va oltin bilan qoplangan marosim qilichi kashf etildi. Undan tashqari bronza oynalar, oltin soch tug‘nag‘ichlari va boshqa qadimiy buyumlar topilgan.

Viloyat hokimi Ondasin Urazalin, mintaqa tarixi va madaniyati nuqtai nazaridan alohida o‘ringa ega bolgan nomi tilga olingan arxeologik qazish ishlarining davom etishi va kerakli yordamning berilishini qayd etdi.



Aloqador xabarlar