O‘zbekiston – Turkiya: mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi

O'zbekiston delegatsiyasi Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri Vedat Bilgin bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi.

1686153
O‘zbekiston – Turkiya: mehnat migratsiyasi masalalari muhokama qilindi

 

Kuni kecha O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegasiya Turkiyaga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a`zolari Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Sedat O`nal, Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisining Turkiya – O`zbekiston parlamentlararo do`stlik guruhi a`zolari hamda Turkiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri Vedat Bilgin bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi.

Unda O’zbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, O’zbekiston-Turkiya kun tartibidagi ikki tomonlama shartnomalarni ratifikasiya qilish bo’yicha masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, delegasiya a`zolari Turkiya Oliy saylov kengashi rahbari Muharrem Akkaya bilan ham uchrashdi, Turkiyaning xorijdagi fuqarolari uchun ovoz berishni tashkil etish yo`nalishidagi tajribalari o`rganildi.

Bundan tashqari, O'zbekiston delegatsiyasi Aholini ish bilan ta’minlash markazi, Kasbiy malakani aniqlash markazi, Xalqaro mehnat migratsiyasi agentligi, Migratsiya Bosh mudirligi kabi tashkilotlar faoliyati bilan tanishib, hamkorlik masalalarini muhokama qildi.



Aloqador xabarlar