Qirg‘izistonning birinchi prezidenti 16 yil oradan so’ng Bishkekka qaytdi

Qirg’izistonda Asqar Akayev va bir qator yuqori martabali amaldorlar “Qumtor” loyihasi bo‘yicha korrupsiya ishi doirasida qidiruvga berilgandi.

1684263
Qirg‘izistonning birinchi prezidenti 16 yil oradan so’ng Bishkekka qaytdi

 

Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akayev 16 yil oradan so’ng Rossiyadan Bishkekka qaytdi. Akayev “Qumtor” oltin koni loyihasini amalga oshirishda korrupsiyaga qo‘l urganlikda gumon qilinmoqda.

Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, 2005 yilgi inqilob natijasida mamlakatni tark etgan Asqar Akayev 2 avgust kuni Bishkekka olib kelingan. U shu kungacha Rossiyada yashab kelayotgandi.

Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, u hozirda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida bo‘lib turibdi.

“Uning ishtirokida “Qumtor” koni bo‘yicha jinoyat ishi doirasida zarur tergov harakatlari olib borilmoqda”, deya xabar qilgan Qirg’iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi. 

Ma’lumotga ko’ra, Qirg’izistonda Akayev va bir qator yuqori martabali amaldorlar “Qumtor” loyihasi bo‘yicha korrupsiya ishi doirasida qidiruvga berilgandi.

“Akayev, boshqa sobiq yuqori martabali amaldorlar qatorida, 1992 yilda “Qumtor” loyihasi bo‘yicha Bosh kelishuvni tuzishda, 1994 yilda unga o‘zgartirishlar kiritishda, shuningdek, 2003 yilda “Kameko” kompaniyasi bilan Bosh kelishuvni qayta tuzishda korrupsiya holatlari uchun javobgarlikka tortilgan”, deya xabar qildi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi. 

Qo‘mita ma’lumotiga ko’ra,  tergov Asqar Akayev prezidentligi davrida “Qumtor” loyihasini amalga oshirishda korrupsiyaga aloqador barcha aybdor shaxslarga huquqiy imkoniyat bergan.

“Shu bilan birga, Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov davomida Asqar Akayevni respublika hududiga olib kelish orqali jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha tarixiy adolatni tiklashga qaratilgan ish olib bordi”, deyiladi mahkama xabarida.

Eslatish joizki, Qirg’iziston mustaqillikka erishgach, 15 yil davomida prezident lavozimini boshqargan Akayev 2005 yil 24 martda xalq to’ntarishi natijasida oilasi bilan birga Rossiyaga sig’ingandi. Qirg‘izistonning birinchi va ikkinchi Prezidentlari — Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyev mamlakatdagi eng yirik oltin koni — “Qumtor” ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgandi. Asqar Akayev shu kungacha Rossiyada yashab kelayotgandi.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Asqar Akayev

Aloqador xabarlar