Erdo'g'an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 24-iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

1679787
Erdo'g'an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

 

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 24-iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Prezidenti Erdo'g'an Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik va katta muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.
Suhbat chog'ida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali hamkorligining jadal rivojlanishiga xizmat qilayotgan o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Pandemiya oqibatlariga qaramay, joriy yil boshidan tovar ayirboshlash qariyb ikki baravarga ko‘paydi, 230 dan ortiq yangi qo‘shma korxona tashkil etildi, muhim madaniy-gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
Davlat rahbarlari bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar hamda joriy yil yakuniga qadar O'zbekistonda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhim ekanini ta’kidladilar.
Mintaqaviy sheriklikning amaliy jihatlari, shu jumladan Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi nuqtai nazaridan muhokama qilindi.
Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy bog‘liqlikni kuchaytirish bo‘yicha Toshkent xalqaro konferensiyasining yakunlari yuksak baholandi.



Aloqador xabarlar