Qozog‘istonda ilk bor hokimlar saylovi o‘tkazilmoqda

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, saylovlar 14 ta viloyatdagi 1847 ta uchastkada o‘tkazilmoqda.

1679877
Qozog‘istonda ilk bor hokimlar saylovi o‘tkazilmoqda

 

Qozog‘istonda bugun, 25 iyul kuni ilk bor mamlakatda tuman boshqaruvidagi shahar, qishloq, shaharcha va qishloq okruglarida  hokimlar saylovi o‘tkazilmoqda. 

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, saylovlar 14 ta viloyatdagi 1847 ta uchastkada o‘tkazilmoqda. Mamlakatda 1 mln 210 ming saylovchi ro‘yxatga olingan. 730 ta saylov okrugida 2582 ta nomzod ko‘rsatilgan.

Qozog‘iston fuqarosi mamlakatda tuman boshqaruvidagi shahar, qishloq, shaharcha va qishloq okrugi hokimlariga saylanishi uchun kamida 25 yoshda iqtidorli, davlat xizmati sohasidagi qonunchilik talablariga javob beradigan, sudlanmagan va korrupsiyaviy jinoyat sodir etmagan bo‘lishi kerak.

Saylov natijalari uch kun ichida e’lon qilinadi.

Eslatish joizki, may oyi oxirida Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasi saylovlari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonunni imzolagan edi. 

Ushbu qonun asosida mamlakatda tuman boshqaruvidagi shahar, qishloq, posyolka va qishloq okruglari ma’muriyati rahbarlarini (akim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi tomonidan saylash tizimi joriy qilindi.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar