THY Turkiyaning Qozog‘istonga eng yaqin nuqtasi Oqtovga safar boshlatdi

Turk havo yo‘llari (THY) Turkiyaning Qozog‘istonga eng yaqin nuqtasi Oqtovga safar boshlatdi.

1679340
THY Turkiyaning Qozog‘istonga eng yaqin nuqtasi Oqtovga safar boshlatdi

Turk havo yo‘llarining 255-destinatsiyasi Qozog‘istonning Kaspiy dengizi sohilidagi Oqtov shahri.

THY kecha, 23-iyul kuni Oqtov shahriga birinchi qatnovini yo‘lga qo‘ydi.

THYning Istanbul-Oqtov-Istanbul qatnovini yo‘lga qo‘ygan uchoq shahar aeroportida, marosim bilan kutib olindi.

Marosimda Turkiyaning Nur-Sultonidagi elchisi Ufuk Ekiji, Mangistau shahar hokimi Serikbay Trumov, Turkiyaning Oqtovdagi Bosh konsuli Muzaffer Akyildirim, THY filiali direktori Hasan Savash Erden shuningdek, mehmonlar bilan matbuot vakillari ishtirok etdi.

Ekiji marosimdan keyin bergan bayonotida, 30 yil muqaddam Qozog‘istonning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan Olmaota xalqaro aeroportiga uchgan birinchi chet el havo yo‘li shirkatining THY ekanini yodga solgan holda:

“THY ana shundan beri Olmaota va Nur-Sultonga doimiy qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda. U o‘tgan may oyida ham Turkistonga birinchi qatnovini amalga oshirgandi. Bugun esa Oqtovga birinchi qatnovini yo‘lga qo‘yish orqali Qozog‘istondagi safar manzilini 4 ga cihqardi”. - dedi.

Kaspiy dengizi bo‘yidagi Oqtov shahrining Qozog‘istonning Turkiyaga eng yaqin nuqtasi ekanini ifoda etgan Ekiji oz so‘zini quyidagicha tamomladi:

“Oqtov - bu bir port shahridir. Bu yer savdo-sotiq va transportdan tashqari oxirgi vaqtlarda turizm ham rivojlangan mintaqadir. Qolaversa shirkatlarimiz ham sarmoya kiritgan markazlardan biri. Shuningdek Qozog‘iston hukumati bu yerda turizmni rivojlantirishni rejalashtirmoqda Shu jihatdan olib qaraganda Oqtov va Istanbul o‘rtasida havo aloqasini o‘rnatish judayam muhim edi. Istanbul orqali Oqtov ham butun dunyoga ochilish imkonini qo‘lga kiritdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi bordi-keldi ortadi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning ham mustahkam tus olishiga ijobiy hissa qo‘shadi”.

THYning Istanbul-Oqtov-Istanbul safarlari bir haftada ikki marotaba ya’ni, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #Oqtov , #THY

Aloqador xabarlar